Volontyorlar faollik ko‘rsatishmoqda

Date:

Har kuni erta tongdan kun botguniga qadar ikki smenada oliygohlarga o‘qishga kirish uchun imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda. Abituriyentlar imtihonlarga kirib ketar ekan, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida kelgan ota-onalari va yaqinlari ham farzandlaridan kam hayajonda emas.
E’tirof etish kerakki, ota-onalarining kutishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan xonalar hozirlangan. Salqin xonalarda imtihon jarayonlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib turishlari mumkin. Xo‘sh, imtihon qanday o‘tadi? Testlarni ishlash qiyinchilik tug‘dirmaydimi? Abituriyentlarga qancha vaqt ajratiladi-yu, qaysi fanlardan savollar o‘rin olgan kabi shu va shu kabi boshqa savollar ota-onalarni qiziqtirishi aniq. Ana shunday jarayonlarda ota-onalar hamda abituriyentlarga yanada kengroq qulayliklar yaratish maqsadida Termiz davlat universitetining volontyor talabalari ham faol ishtirok etishmoqda.
Volontyor yoshlar erta tongdan abituriyentlar va ularning ota-onalarini xush kayfiyatda kutib olib, Ro‘zi Choriyev nomidagi san’at maktabidagi kutish zallariga kuzatib qo‘yishmoqda. Ular bilan suhbatlar o‘tkazib, qiziqtirgan savollariga javob va test to‘g‘risida kerakli ma’lumotlarni berishayotir, qiziqarli so‘rovnomalar o‘tkazishyapti. Ota-onalar yaratilgan sharoitlar va volontyor yoshlarning munosabatidan mamnun.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun