Tomorqa daromad manbai

Date:

Ba’zida ish qidiramiz, zarur malakamiz yo‘qligi esa taklif qilingan ish o‘rinlaridan, ular uchun belgilangan oylik maoshidan ko‘ngil to‘lmaslikka olib keladi. Oyligimiz yuqori bo‘lishini, kam-ko‘stimizni qoplashini, ortiqchasini yig‘ishni o‘ylaymiz. Buning ham imkoni bor. Oldingda oqqan suvning qadri yo‘q deganlaridek, o‘z tomorqamizdan foydalanishni unutamiz. Shunchaki qunt bilan mehnat qilsak, orzuyimiz va istagimizdagi daromaddan-da ortig‘ini topa olishimiz mumkin.
Sho‘rchilik Mehriniso Abdurahmonova esa ish izlab halak bo‘lmadi-da, tomorqasining 3,5 sotix yer maydoniga issiqxona tashkil qildi. Yerga ishlov berib, mandarin ko‘chatlarini yetishtirishni boshladi. Buning uchun mahallasidagi hokim yordamchisining tavsiyasi bilan bankdan 33 million so‘m imtiyozli kedit oldi.
Mehriniso ko‘chatlarini parvarish qilishdan zavq olib, ishga sho‘ng‘ib ketgan. Albatta, bilganga tomorqa eng katta xazina, daromad manbai. Mehnat qilish orqali ro‘zg‘orning butligiga, orzularning amalga oshishiga erishish mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun