II MDH o‘yinlari: hamyurtimizdan navbatdagi oltin medal!

Date:

Vengriya poytaxti Budapesht shahri navbatdagi “Masters” turniriga mezbonlik qildi. Bellashuvlarda terma jamoalar g‘oliblik uchun va Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqdi. Shubhasiz, jarayon qizg‘in tus olib, mahoratlar ishga solindi.
O‘zbekiston sharafini himoya qilgan terma jamoamiz 59 mamlakat orasida umumjamoa hisobida o‘yinni oltinchi o‘rin bilan yakunladi. Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi bo‘ldi!
E’tirof etish kerakki, musobaqada 100 kg vazn toifasining final bellashuvida jahon chempioni, surxondaryolik Muzaffarbek To‘raboyev Isroil vakili Olimpiada o‘yinlari va jahon chempionati sovrindori, Yevropa chempioni va sovrindori, “Masters” turnirining ikki karra sovrindori, “Katta Dubulg‘a” turnirining ikka karra g‘olibi va bir necha karra sovrindori, Grand Pri musobaqasining to‘rt karra g‘olibi va ikki karra sovrindori Peter Paltchik bilan kurash olib bordi. Bellashuvda Muzaffarning qo‘li baland keldi va “Masters” turniri chempioniga aylandi. Hali bu hammasi emas, Muzaffarbek ushbu natijasi orqali jahon va Olimpiada reytingi uchun 1800 ochkoni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun