“MUSTAQILLIK” MAHALLASIGA MUSTAQILLIK SOVG‘ASI

Date:

Issiq jonning issig‘i chiqsa, zumda o‘zimiz yashaydigan hududdagi tibbiyot punkti jonimizga ora kiradi. Bordi-yu, ana shunday tibbiy punkt bo‘lmasa, qayerga borishni bilmay qolamiz.
Fuqarolar salomatligini o‘ylab, ularning kerakli tibbiy yordamni olishlari uchun munosib sharoit yaratish maqsadida Jarqo‘rg‘on tumani “Mustaqillik” mahallasida viloyat hokimligi va Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tashabbusi bilan mahalla tibbiyot punkti qurib bitkazildi. Tibbiyot punktining foydalanishga topshirilishi esa “Mustaqillik” mahallasi ahli uchun Mustaqillik bayramiga munosib sovg‘a bo‘ldi.
Ushbu tibbiy punkt aholiga birlamchi tibbiy sanitariya yordami ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘lib, mahalliy aholi shu kungacha muolajaa va tibbiy xizmatdan foydalanish uchun 8 kilometr masofadagi 28-sonli Kakaydi oilaviy poliklinikasiga qatnashlariga to‘g‘ri kelgan. Bugun ushbu quvonchli voqeadan barcha mamnun.

Oldingi sahifaOILA SAQLAB QOLINDI
Keyingi sahifaTomorqa daromad manbai

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun