MFY raislari rag‘batlantirildi

Date:

Mahallada zarur infratuzilmaning yaratilishi, obod bo‘lishi, ayniqsa, mahalla ahlining yaratilgan shart-sharoitlardan mamnun bo‘lishi ko‘p jihatdan MFY raisiga bog‘liq. Mahalla faollari, mutaxassislari, yoshlar yetakchisi-yu hokim yordamchisi qaysidir ma’noda mahalla raisining nazorati ostida mas’uliyat his etib, aholi orasida ishbilarmonlik muhitini yaratadi, ayniqsa, yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish uchun tashabbus ko‘rsatadi. Bir so‘z bilan aytganda, barcha o‘z ishini bilib qiladi.
Demak, mahallada ham qilinajak ishlar ko‘p. Shu sababdan ham Jarqo‘rg‘on tumani hokimi Elmurod Avazov, tuman soliq inspeksiyasi rahbari R.Sattorov ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda mahalla raislari, hokim yordamchilari, inspeksiyaning mas’ul xodimlari hamda tegishli tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda mahalliy soliq tushumlarini undirish, quyosh panellarini o‘rnatish hamda aholini ko‘mir mahsuloti zaxirasi bilan ta’minlash masalalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tuman rahbari mahallalarda soliq tushumlari barqarorligini ta’minlash, aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazish va tadbirkorlarga ko‘mak berish zarurligi haqida ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, tuman rahbari o‘z ishini sidqidildan bajargan, boshqa mahallalar uchun ibrat va namuna ko‘rsatgan MFY raislarini munosib rag‘batlantirdi. Umid qilamizki, ushbu rag‘bat ularni yanada faollik ko‘rsatishga, mas’uliyatni oshirishga xizmat qiladi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun