“Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali”

Date:

Turkiy xalqlar qadimiy ildizga borib taqaladi. Madaniyati, tili, urf-odat va udumlarida ham o‘xshashlik bor. Kelib chiqishi uzoq tarixga borib taqaladigan turkiy xalqlar bugun ham turli sohalarda hamkorlikda, hamjihatlikda yashab kelmoqda. Bu esa yoshlardan tariximizni bilishni, xalqlarimiz ildizini o‘rganishni talab etadi. Farg‘ona viloyatida tashkil etilgan “Turkiy tilli yoshlar xalqaro festivali” esa yoshlarni ana shunday maqsad yo‘lida birlashtira oldi. Festivalda yurtimizning turli viloyatlaridan yoshlar, shu bilan bir qatorda Termiz davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etdi. Shuningdek, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon kabi davlatlardan ham mehmonlar tashrif buyurdi.
Aytish kerakki, ushbu nufuzli festival bahona qardosh xalqlar yoshlari birlashishdi. Qolaversa, festival yosh avlodning xalqlarimiz tarixi va milliy-madaniy merosini o‘rganishga qiziqishni oshirish, turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo davlatlar bilan turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarni targ‘ib qilish, yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, yigit-qizlarning turizm sohasidagi istiqbolli g‘oyalari va loyihalarini amalga oshirishlariga imkon beradi.
Festival 15-iyul kuniga qadar davom etadi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Surxonning betakror manzillari jurnalistlar nigohida

Turizm qo‘mitasi tomonidan Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatini keng targ‘ib...

Maktablarda “FAST – superqahramonlar” ta’lim dasturi joriy etiladi

Yurtimizda ilk bor qabul qilingan Infarkt va insultga qarshi...

Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Muzrabot tumanidagi Chegarachi mahallasida “Tashabbusli byudjet” dasturining birinchi mavsumi...

Xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash xizmatida kuz-qish mavsumini xavfsiz...
KunTun
KunTun