G‘olib sherobodlik o‘g‘il-qizlar bo‘ldi

Date:

Doimiy tarzda tashkil etib kelinayotgan sport musobaqalari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jismonan chiniqtirish bilan bir qatorda munosib rag‘bat topishiga ham xizmat qilayapti. Bu esa yoshlarning qaysidir sport turi bo‘yicha iqtidorlarini, qiziqishlarining oshishiga sabab bo‘layotgani ko‘zlangan maqsadga yetkazmoqda. Sherobod tumanining “Cho‘yinchi” mahallasidagi sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri kubogi uchun sportning voleybol turi bo‘yicha viloyat hududiy saralash bosqichi sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Nizom asosida tashkil etilgan ushbu musobaqada Angor, Bandixon, Boysun, Qiziriq hamda Sherobod tumanidagi 14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il va qizlar o‘rtasida tuzilgan jamoalar musobaqada o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Qizg‘in va murosasiz kechgan jarayonlarni kuzatish ham tomoshabinlar uchun maroqli bo‘ldi. Yakuniy natijalarga ko‘ra o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida ham faxrli 1-o‘rinni Sherobod tumani yoshlari egallashdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun