Yurtimizda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga manzilli yordam ko‘rsatish mexanizmi tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilganki, bu tajribani boshqa rivojlangan davlatlarda ham uchratmaymiz. Ularni uy-joy bilan ta’minlash, muammolarini hal etish, jamiyat hayotida kerakli yordamni ko‘rsatish maqsadida yurtimizda qabul qilingan qonun va qarorlar dasturilamal bo‘lib xizmat qilayotir. “Аholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–82-son, 01.06.2023 y.) ana shunday ishlarning davomi deyish mumkin.
Mazkur Farmonga ko‘ra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi. 2024-yil 1-yanvardan Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari Аgentlik tuzilmasiga o‘tkaziladi.
2023-yil 1-iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari, joriy yil 15-avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturlari bo‘yicha, shu jumladan, ularning mobil aloqa vositalariga maʼlumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.
2023-yil 1-oktyabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi va aholiga ko‘rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‘yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.
2024-yil 1-yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va ko‘mak”, “Yoshlar daftari” va “Аyollar daftari” orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko‘maklar qamrab olinadi. Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish hamda xayriya tadbirlari o‘tkaziladi.
“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi
Date: