Suvni 40-45 foizga tejaydi…

Date:

Bugungidek shiddat bilan o‘zgarayotgan bir davrda yangi g‘oyalar, innovatsiyalar amaliyotga tadbiq etilmoqdaki, bu har bir sohada tub burilish yasayapti. Ayniqsa, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi uskunalardan foydalana boshlagan dehqon va fermerlar, bu texnologiyaning qulayligini juda yaxshi bilishdi. Va undan oqilona foydalanish ommalashib bormoqda. Birinchi navbatda suv tejovchi uskuna suvsiz qaqroq yerda ham suv saqlab, oqilona foydalanishga imkon beradi. O‘z navbatida bu hosildorlikni ko‘tarilishiga ham xizmat qiladi.
Sho‘rchi tumanidagi “Obil” fermer xo‘jaligining 14 gektar yer maydoniga ekilgan chigitdan mo‘l va sifatli hosil olish maqsadida suv tejovchi texnologiya o‘rnatilgani fikrimiz isbotidir. Ushbu texnologiya har gektar yer hisobiga suvni 40-45 foizga tejaydi. Qolaversa, hosildorlikni 15-20 sentnerga oshiradi. Bu esa tomchilatib sug‘orish har jihatdan foydali va samarali ekanligining amaldagi isboti deyish mumkin.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

12 ta sessiya o‘tkazildi

Viloyat Kasaba uyushmasi binosida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining...

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...
KunTun
KunTun