Aniq rejalar belgilandi

Date:

“Yoshlarning bo‘sh vaqti, yetakchining ish vaqti” shiori ostida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilarining ko‘pchiligi faollik, ilg‘orlik ko‘rsatib, mahalla yoshlari bilan o‘z hamkorligini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, ishida sustkashlikka yo‘l qo‘yayotganlar ham yo‘q emas. Aslida mas’uliyat bilan ishlayotganlar munosib ko‘zgu bo‘lmog‘i, tajribasini ibrat qilib ko‘rsatib, mahallalarda tizimli ishlarni yo‘lga qo‘ymog‘i davr talabidir.
Shu talabdan kelib chiqqan holda Yoshlar ishlari agentligi Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limida alohida ijtimoiy toifaga kiruvchi yoshlar bilan tizimli ishlash va ularning muammolarini hal etish borasida tumandagi barcha yoshlar yetakchilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Davlat xavfsizlik xizmati Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi boshlig‘i Odiljon Siddiqov ham ishtirok etib, yoshlar yetakchilari tomonidan hafta davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar va muammolar o‘rganildi, muhokama qilindi, so‘ng O.Siddiqov tomonidan tegishlicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, kelgusida yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish borasida rejalar belgilandi. Umid qilamizki, aniq reja va maqsad bilan harakat qiladigan yoshlar yetakchilari, albatta, yaxshi natijalarga erishadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun