31 nafar muzrabotlik Haj safariga jo‘nab ketishadi

Date:

Farzand o‘z ota-onasini haj safariga jo‘natishni orzu qiladi. Yaxshi niyat ila yig‘inib, bu orzuni amalga oshiradi ham. O‘z navbatida ota-ona ham farzandining bunday g‘amxo‘rligidan boshi osmonda. Uzoq va intiqlik bilan kutilgan onlar esa ko‘ngilga hayajon solishi aniq. Albatta, barchaga ana shunday amallarni ado etish nasib etsin.
Ertaga muzrabotlik 31 nafar fuqaro uchun ham hayajonli kun. Ular muborak Haj amallarini bajarish uchun Termiz xalqaro aeroportidan Saudiya Аrabistoniga yo‘l olishadi. Ayni hayajon va quvonchga sherik bo‘lishni ko‘ngliga tukkan Muzrabot tumani hokimi Аbdurashid Ismailov Haj safariga yo‘l olayotgan ziyoratchilar bilan uchrashib, dildan suhbatlashdi.


Albatta, ketish tadorligini ko‘rganlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Prezidentimizning diniy-maʼrifiy sohada olib borayotgan ishlari va Saudiya Аrabistoni podshohligi bilan erishilgan kelishuv natijasida minglab vatandoshlarimiz ibodatlarni emin-erkin bajarish baxtiga muyassar etilgan. Bu borada ularga hukumatimiz tomonidan alohida amaliy yordam ko‘rsatilib, zarur sharoitlar yaratib kelinmoqda. Bu yilgi Haj ziyoratiga 15 ming nafar o‘zbekistonlik yo‘l oladi.
Tuman hokimi ziyoratga otlanganlarga eson-omon borib qaytishlarini aytib, o‘zning samimiy tilaklarini bildirdi. Bo‘lajak ziyoratchilarimiz ham nasib etsa, Madina va Makka shaharlarida bugungi kunlar shukronasi, yurtimiz rivoji, xalqimiz farovonligini so‘rab duo qilajagini aytishdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muammo yechim topdi

Oltinsoy tumanida aholini uzoq yillardan buyon qiynab kelayotgan suv...

Ekologik muammolar uchun innovatsion yechim

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti olimlari ekologik muammolarni hal...

Sugʻurta stajiga qarab…

O‘zbekistonda homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqani tayinlash hamda to‘lashning...

Qoʻshma loyiha doirasida…

Surxondaryo viloyatida xalqaro hamkorlik asosida qishloq joylarni rivojlantirishga qaratilgan...
KunTun
KunTun