Parvina va Sevinch respublikada birinchi

Date:

Mental arifmetika nafaqat matematik amallarni tez va oson hisoblashni, balki xotirani kuchaytirib, aqlni charxlashga, hozirjavoblikka o‘rgatadi. Bu esa barcha fanlar, qolaversa, jamiyat hayotimiz uchun ham foydali. Shu maqsadda bolalarning bog‘cha va maktab yoshidayoq mental arifmetika sirlarini o‘rgatish boshlab yuboriladi. Mental arifmetikani o‘rgangan bolaning bilim va imkoniyatllarini bilish uchun esa uni sinab ko‘rish kifoya.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-maydagi “Matematika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrida “Innovatsion bolalar” shiori ostida mental arifmetika bo‘yicha respublika ochiq olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatlardan mental arifmetika bilimdonlari ishtirok etib, o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Albatta, bugunning yoshlari tirishqoq va izlanuvchan. Hozirjavob bolalarning fikriga quloq tutsangiz, fikrimiz nechog‘lik to‘g‘ri ekaniga guvoh bo‘lasiz. Olimpiadada esa Termiz shahridagi 10-umumta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchilari Parvina Bozorova va Sevinch Anorboyevalar faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni egalladilar.
Yosh mental arifmetikachilarning bunday muvaffaqiyatga erishishlarida esa maktabning matematika o‘qituvchisi Saodat Toshtemirovaning xizmati katta ekanini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. O‘qituvchi tashkil etgan mental arifmetika to‘garagidagi barcha bolalar Parvina va Sevinch kabi tirishqoq va ustozi bergan bilimlarni puxta o‘zlashtirib kelayotir.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun