Yashash uchun sabablar…

Date:

Yashash uchun sabablaringiz bormi? Albatta, bunday sabablaringiz ko‘p. Bu sabablar esa o‘z oldimizga qat’iy maqsad qo‘yishimizga turtki bo‘ladi. Va ana shunday orzu va maqsadlar yo‘lida harakatni boshlaymiz. Vaqt va hayotimizni behuda o‘tkazmaslikka urinamiz. Ammo, hamma ham hayotida to‘g‘ri maqsad qo‘ya olmaydi, ruhan zaiflik yoki tushkunlik kayfiyati bunga to‘sqinlik qiladi. Xo‘sh, nega?

Buning davosi yoki tuzatishning yo‘li bormi? Bugungi kunda atrofimizdagi odamlarning ruhshunos yoki psixolog qabuliga, kurslariga qatnashi tobora ommalashib borayotgan bir paytda ana shunday mutaxassislarning yordami eng yaxshi muolajaa bo‘layotir. Xolbuki, bunday muolajaani qanday qabul qilish va tushunish insonning o‘ziga, bilim-saviyasi-yu dunyoqarashiga bog‘liq.


Termiz davlat universiteti hovlisida ham talaba-yoshlarga munosib motivatsiya berish maqsadida “Yashash uchun 1001 sabab”, “Mening orzularim’’ nomli psixologik tadbir o‘tkazildi. Bunda birinchi navbatda talabalarning kayfiyatini ko‘tarish, yakuniy nazorat imtihonlarini a’lo kayfiyatda topshirishlariga motivatsiya berish maqsad qilindi.
Universitet psixologi D.Murodullayeva, o‘qituvchi va talaba-yoshlar turli psixologik o‘yinlarda faol ishtirok etishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun