Umumjamoa hisobida birinchi…

Date:

Sportning turlari ko‘p, ammo sport qirolichasi deya e’tirof etiladigan yengil atletika har bir sportchini epchillikka, chaqqonlikka chorlaydi. Ushbu sport turi turli masofaga yugurish, balandlikka va uzunlikka sakrash, langarcho‘p, nayza va yadro irg‘itish kabi 50 dan ziyod mashqlarni o‘z ichiga oladi. Yengil atletika taʼlim muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, oʻquvchi-yoshlarning “Alpomish” va “Barchinoy” sport sinovlari dasturidan joy olgan.
Tanani chiniqtirib, sog‘lom turmush tarzini odat qilidiradigan ushbu sport turining Termiz shahridagi “Alpomish” o‘yingohida viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. 15 ta tuman va shahardan 3 ta yosh toifasida bo‘lib o‘tgan musobaqada ishtirokchilar jam bo‘lib, o‘zaro bellashdilar. Jarayon qiziqarli tus oldi. Murosasiz kechgan bahslarda esa mahoratlar sinovdan o‘tdi.

E’tirof etish joizki, Jarqo‘rg‘on tumanida sportchi yoshlarni yetishtirishda, tayyorlashda o‘ziga xos sport va mahorat maktabi shakllangan. Shu sababdan ham jarqo‘rg‘onlik yoshlarning tayyorgarligi, jismoniy imkoniyati boshqa hudud yoshlariga qaraganda yaqqol seziladi. Bu safar ham shunday bo‘ldi.
Musobaqada 16-21 yosh qizlar “Eski qishloq” mahallasi 1-o‘rin, 27-30 yosh o‘g‘il bolalar “Paxtaobod” mahallasi 1-o‘rin, 22-26 yosh qizlar “Boymoqli” mahallasi 3-o‘rin hamda 27-30 yosh qizlar “Boymoqli” mahallasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritib, yengil atletika musobaqalarining yakuniy natijalariga ko‘ra Jarqo‘rg‘on tumani jamoasi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun