Termiziy alloma Ginnesning rekordlar kitobida

Date:

Abu Iso Muhammad Termiziy (824–892)ning “Ash-shamoil an-nabaviya” (“Payg‘ambarga xos siyrat va fazilatlar”) asari dunyo miqyosida eng ko‘p nashr etilgan asar sifatida Ginnesning rekordlar kitobidan o‘rin olgan.
Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, bu asar payg‘ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u kishining suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan manbadir.
Muhammad alayhissalomning hayotiga doir muhim manba sifatida e’tirof etilguvchu ushbu “Ash-shamoil an-nabaviya” asari azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortib keladi. Arab tilida yozilgan mazkur asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Asarning afzalligi shundaki, tili ravon, uslubi esa g‘oyatda oddiydir. Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, “Al-jomi’” bo‘lib, u oltita ishonchli hadislar to‘plamlaridan biridir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kichik fikrlar, katta g‘alabalar”

Bolalarda mantiqiy tafakkur, diqqat va strategik fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishda...

Hashar ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda

Yurtimizda “Yurt obodligi — avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida...

Javobgarlik kuchaytirildi

Mamlakatimizda energiya resurslaridan oqilona foydalanish va tarmoqlardan noqonuniy foydalanish...

Vatan himoyasi – yigitlik burchi

Termiz shahridagi “Vatanparvarlar bog‘i”da muddatli harbiy xizmatga jo‘nab ketayotgan...
KunTun
KunTun