“Kontrakt”dan 12% daromad soligʻini qaytarib olishda yosh chegarasi bekor qilinadi

Date:

Farzandi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishga kirgan ota-onadan baxtli odam bo‘lmasa kerak, nazrimda. Biroq grand emas, shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingani imkoniyati cheklangan, qiynalibroq turgan oilaboshilar uchun biroz mushkullik tug‘dirardi. O‘qitay desa, imkoniyati yetmaydi. O‘qishingni yig‘ishtir, desa farzandining ko‘ngli sinadi, shashti qaytib qoladi…
Hukumatimiznining oqilona siyosati bu kabi muammolarga barham beribgina qolmay, qator qulayliklar ham tug‘dirayotgani esa ana shu masalada og‘rinib turgan otalar-u onalarning farzandi kamolini ko‘rishida g‘oyat quvonchli bo‘ldi. Kontakt pullarini maoshidan o‘tkazishlari va shuningdek, farzandining kontraktini to‘lagan maoshdan daromad solig‘i ham qaytarib olinishi nur ustiga nur bo‘ladi.
Soliq kodeksining 378-moddasiga koʻra, soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻzining, shuningdek 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki turmush oʻrtogʻining taʼlim olishi uchun yoʻnaltirilgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqqa tortilmaydi, yaʼni toʻlangan summadan 12 foiz daromad soligʻini qaytarib olishi mumkin edi. Biroq Prezident farmoniga muvofiq 2023-yil 1-avgustdan esa farzand uchun yosh chegarasi olib tashlanadi. Ota-onalar farzandining yoshidan qatʼiy nazar taʼlim olishi uchun toʻlagan summadan 12 foiz daromad soligʻini qaytarib oladi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oliblar munosib kutib olindi

Samarqand shahri “Universiada – 2025” sport musobaqasining yengil atletika...

Maktub

"Oxirgi kunlarda kеlin judayam qoʻpollashdi. Choyimni ham yarim piyola...

Surxondaryoda qovun pishdi

Har yili erta bahordan boshlab mamlakatimiz bozorlarini turli sabzavot...

74 nafar mansabdor javobgarlikka tortildi

Surxondaryo viloyatida tadbirkorlik subyektlarining qonuniy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini...
KunTun
KunTun