Chorva soni 1 ming boshdan oshdi

Date:

Muzrabot tumanining Fidokor mahallasida tadbirkor Zokir Suvonov tashabbusi bilan chorvachilikni rivojlantirish va go‘sht yetishtirish hajmini oshirishga qaratilgan loyiha samarali natija bermoqda.

2025-yil dekabrida Mongoliyadan olib kelingan 850 bosh qo‘y qisqa muddatda ko‘paytirilib, hozir xo‘jalikdagi chorva soni 1 ming boshdan oshdi. Naslchilik ishlari natijasida bugungacha 350 bosh qo‘zi olindi.

Tuman hokimi Abdulla Mamatqulov va tuman prokurori Baxtiyor Berdimuratov xo‘jalik faoliyati bilan tanishib, chorvaning mahalliy sharoitga moslashuvi, parvarishi, nasl olish ko‘rsatkichlari va xo‘jalikning daromadliligini o‘rgandi.

Muloqot davomida tadbirkorning muammo va takliflari ham tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Bunday tashabbuslar chorva bosh sonini ko‘paytirish, go‘sht ishlab chiqarishni oshirish va ichki bozorni barqaror ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqiblaridan ustun keldi

Toshkent shahrida muaytay sport turi bo‘yicha U-23 yosh toifasi...

Maktablar qishga shaymi?

Qiziriq tumanidagi umumta’lim maktablarida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchilar...

Surxondaryo tajribasi Qoraqalpog‘istonda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumanida Surxondaryo viloyati tajribasi asosida bir...

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...
KunTun
KunTun