“Halol” standartlari asosida…

Date:

Surxondaryoda aholini sifatli va xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, chorvachilik sohasida zamonaviy hamkorlikni rivojlantirish borasida yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Belarusga amaliy tashrif doirasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri bilan uchrashuvida vohaga sifatli mol go‘shti yetkazib berish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan edi.

Mazkur kelishuvlar asosida surxondaryolik tadbirkorlar tomonidan chorvachilik yo‘nalishida 4 ta korxona tashkil etilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Tadbirkorlar Minsk viloyatidagi chorvachilik kompleksida qoramollarni so‘yish, go‘shtni qayta ishlash, saqlash va eksportga tayyorlash jarayonlarini o‘rgandi.

Kelgusida Surxondaryoga veterinariya va sanitariya talablariga javob beradigan, “Halol” standartlari asosida tayyorlangan yuqori sifatli mol go‘shtini yetkazib berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.

Bu hamkorlik vohada go‘sht mahsulotlari bozorini sifatli mahsulot bilan ta’minlash, oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlash va chorvachilik sohasida yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun