QOVUNLAR EKSPORTGA YO‘NALTIRILMOQDA

Date:

Qovun ona tabiatning siylovi bo‘lib, allaqachon pishib, bozor rastalaridan o‘rin olgani kishini quvontiradi. Albatta, qovunchilikda fermer-u dehqonlarimizning o‘z tajriba maktablari bor. Bu bilan qovunning ko‘plab navi yetishtirilmoqdaki, istagan navini xarid qilib, qovunxo‘rlik qilish mumkin. Erta pishar qovunlarimizdan nafaqat voha ahli, qo‘shni viloyatlarimiz, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yashovchilar-da bahramand bo‘layotir. Mo‘l-ko‘l hosil mo‘may daromad, xorijga eksportning garovi hamdir.
Muzrabot tumanining “Yangi diyor” mahallasida faoliyat yuritayotgan “Fruct Asia” MCHJ tomonidan 32 gektar yer maydoniga qovun-tarvuzlar ekilgan bo‘lib, ayni paytda hosillar pishib yetilgan. Ushbu loyiha tuman hokimining tashabbusi bilan samarqandlik tadbirkorning xizmati ekanini alohida e’tirof etib o‘tish lozim. Qolaversa, tumanning o‘zidan 15 nafar doimiy, 100 ortiq mavsumiy ish o‘rinlari yaratilgan.
Ushbu erta pishar qovunlar hozirda Belarus, Rossiya va Yevropa davlatlariga eksport qilish bilan bir qatorda, mahalliy bozorlarga ham yetkazib berilmoqda.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...

“Jinjaktepa”da yangi bog‘cha

Jarqo‘rg‘on tumanining «Jinjaktepa» mahallasida 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim...
KunTun
KunTun