SHOVQIN TALABLARINI BUZSA…

Date:

Aholining osoyishtaligi va normal dam olishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda shovqinning zararli ta’siridan himoya qilishga qaratilgan yangi qonun qabul qilindi.

Qonunga ko‘ra, ish kunlari soat 23:00 dan 07:00 gacha, dam olish va bayram kunlari esa 22:00 dan 09:00 gacha belgilangan me’yordan ortiq shovqin qilish taqiqlanadi. Turar joylarda qurilish, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari esa faqat ish kunlari 09:00 dan 18:00 gacha amalga oshirilishi mumkin. Dam olish va bayram kunlari bunday shovqinli ishlarni bajarishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Talablarni buzganlik uchun jarimalar ham sezilarli darajada oshiriladi. Birinchi qoidabuzarlik uchun fuqarolarga 1,32 mln so‘mdan 2,2 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslarga 4,4 mln so‘mdan 6,6 mln so‘mgacha jarima solinishi mumkin.

Agar qoidabuzarlik bir yil ichida takrorlansa, fuqarolar uchun jarima 3,08 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslar uchun esa 8,8 mln so‘mgacha yetadi.

Mazkur qonun aholining tinchligi, sog‘lig‘i va dam olish huquqini himoya qilish, shovqin bilan bog‘liq muammolarning oldini olish hamda yashash muhitida osoyishtalikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion loyihalar saralandi

Termiz yoshlar texnoparkida “O‘zgarayotgan dunyo uchun ilg‘or innovatsiyalar” shiori...

Teatr — estetik tarbiya maskani

Yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmatini oshirish va...

Attestatsiya boshlandi

26-oktyabrdan respublika bo‘ylab pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha navbatdagi...

Termiz orqali uchinchi bozorlarga

Surxondaryo viloyati hokimligi delegatsiyasi Afg‘onistonning Balx viloyatida bo‘lib, savdo-iqtisodiy...
KunTun
KunTun