“Men korrupsiyaga qarshiman!”

Date:

Tanish-bilishchilik, pora olish yoki pora berish, biror bir mansabni egallash yoki manfaati nuqtayi nazaridan noqonuniy yo‘llar bilan harakat qilish kabi holatlar jamiyatning, davlatning tanazzulga yuz tutishiga olib keladi, qoloqlik botqog‘iga uloqtirib tashlashi turgan gap.
Shuning ushun ham bugun korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi murosasiz kurashilmoqda. Bu borada viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashi tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha joriy yilning may-iyun oylarida joylarda keng qamrovli targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish boʻyicha tadbirlar rejasi ham tasdiqlangan.
Rejaga koʻra, jamoatchilikda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqarma va davlat idoralari xodimlari ishtirokida davra suhbatlari tashkil etish koʻzda tutilgan.


Shunday tadbirlardan biri Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki viloyat bosh boshqarmasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki AJ Surxondaryo viloyati filialida tashkil etildi. Tadbirda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi a’zolari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari oʻz ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Tadbirda viloyat Qizil yarim oy jamiyati rahbari Rahimqul Akbarov hamda Termiz davlat universiteti yuridik fakulteti dekani Jumanazar Xolmo‘minovlar so‘zga chiqib, bugungi kunda jamiyatda korrupsiya bilan bog‘liq holatlar tobora kamayib borayotgani, adolatli va shaffof jamiyatda ochiqlik va oshkoralikni ta’minlashda bank xodimlarining ham hissasi muhimligini ta’kidlashdi.
Tadbir davomida hududiy Kengash tomonidan olib borilayotgan ishlar, hududiy Kengashning yigʻilishlarida berilgan topshiriqlar ijrosi boʻyicha hamda hozirgi kunda korrupsion holatlar koʻp kuzatilayotgan sohalarda uning oldini olishga qaratilgan ta’sirchan choralarni koʻrish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi oldida turgan muhim vazifalar xususida soʻz bordi.
Joylardagi targʻibot-tashviqot tadbirlari 1-iyul sanasiga qadar davom etadi.

Adolat MO‘MINOVA,
Naimullo MUHIBULLOYEV
(surat)

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“UY”INI TOPOLMAYOTGAN GAPLARyoxud ijtimoiy tarmoqlar tarbiyasidagi oilalar

Bugungi kunda oilalardagi notinchlik, ajrimlar sonining ko‘payishi nafaqat individual...

EGASIDA QOLGAN SOVG‘A

YAPONIYANING POYTAXTDAN UNCHA UZOQ BO‘LMAGAN BIR QISHLOG‘IDA KEKSA SAMURAY...

Kichik mehmonxonalar qurish va jihozlash uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan tuman va shaharlarda kichik mehmonxonalar qurish...

Mamontlar qaytadimi?

AQShda 2028-yilda mamontlarni qayta dunyoga keltirishmoqchi. Mamontchaning tug‘ilishi uchun...
KunTun
KunTun