Har bir jarayon muhim…

Date:

Osh — shoh taomdir. Tug‘ilgan kun, to‘y-hashamlarda ham, mehmon kelsa ham, xullas eng yaxshi kunlarimizda qozonning ostiga o‘t qalab, osh damlashga kirishamiz. Oshning mazasi pazandaning qo‘liga bog‘liq deyishadi. Haqiqatan ham Termiz davlat universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida fakultetlararo qizg‘in tus olib kelayotgan “Osh chempionati” bu fikr nechog‘lik to‘g‘ri ekanini isbotlashga xizmat qilayotir.


Bu galgi “Osh chempionati” fizika-matematika fakulteti talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Talabalar o‘zlariga belgilangan joyda, berilgan mahsulotlar bilan bilan osh pishirishga kirishdilar. Tan olish kerakki, oshning mazali chiqishida har bir jarayon muhim. Zirvagi, guruchni dimlash-u suvining va olovning me’yori…
Osh pishirish jarayonida talabalarning zerikib qolmasliklari va hafsala bilan urnashlari uchun fakultetning san’atga oshno, iste’dodli talabalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.
Oshlar tayyor bo‘lgach, hakamlar hay’atiga tortiq qilindi va eng mazali osh g‘oliblari aniqlanib, taqdirlandi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun