Sinovda saralanib…

Date:

Qaysi soha va mutaxassislikni tanlamaylik, xorijiy tillarni bilish davr talabiga aylandi. Yoshlarni til bilishga qiziqtirish, bu vazifaga mas’uliyat bilan qarash har bir maktabning jonkuyar jamoasi zimmasidagi vazifaga aylanmog‘i shart va zarur. Masalaga jiddiy qarashlari uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovi tashkil etildi. Demak, o‘quvchilarining xorijiy tillarni bilishi o‘sha maktabning obro‘yi va nufuzini, mas’uliyatini belgilab berar ekan.


Termiz shahridagi 26-maktabda Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining viloyat bosqichiga start berildi. Tanlovda viloyatdagi shahar va tumanlardan 7-9-sinflarda tahsil oluvchi 5 nafar o‘quvchidan tashkil topgan g‘olib maktab terma jamoalari ishtirok etishayotir.
Erta tongdan bilimlar sinovi boshlab yuborilgan bo‘lib, ishtirokchi jamoalar chet tillaridagi bor bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazishayotir. G‘olib jamoa o‘z maktabining sharafini himoya qilish bilan birga keyingi bosqichga ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

S.Davlatova

Oldingi sahifaHar bir jarayon muhim…
Keyingi sahifaRaqsi ila…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Noyob topilmalar tadqiq etilmoqda

Sho‘rchi tumanida 2023-yilda aniqlangan Ozod arxeologik yodgorligida bronza davriga...

Yo‘llarda tozalikni saqlashning oddiy yechimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yo‘l va dalalar atrofida chiqindilar to‘planishining...

Harakatdagi mahalla

Muzrabot tumanining "Oriyat" mahallasida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini...

Jamoamiz kuchli uchlikda

Toshkent shahrida ayollar o‘rtasida suv polosi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi...
KunTun
KunTun