… viloyat bosqichi o‘tkazildi

Date:

Iqtidorlarni kashf etish, ularni to‘g‘ri yo‘naltira olish maqsadida maktablarda ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchi lavozimi joriy etilgan edi. Qisqa muddat ichida ish boshlagan soha xodimlarining qaysilaridir ko‘zlagan natijaga erishgan bo‘lsa, ba’zilari o‘z faoliyatini tashabbuskorlariga bo‘shatib berishlariga to‘g‘ri keldi.


Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda maktablarda o‘ziga xos ijodiy muhit shakllanganki, yoshlarning iqtidor va layoqatiga qarab ular yo‘naltirilgan. Qolaversa, kitobxonlikni targ‘ib qilishda ham targ‘ibotchilarning hissasi katta. Yoshlarning ijodiy namunalari bo‘lmish she’rlari, ertak, hikoya va maqolalari OAV yuzini ko‘rayotir. She’riy va nasriy to‘plamlari chop etilayotgni ham quvonchli hodisa. Maktablarda devoriy gazetalar, radiouzellar ham tashkil etilmoqdaki, bu jihatlar ham o‘quvchilarning adabiyotga, jurnalistikaga qiziqishiga turtki bo‘lmoqda.


Xullas, targ‘ibotchilarning faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, maqtanib aytadigan jihatlar bisyor. Ammo, “Ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha eng faol targ‘ibotchi” Respublika tanlovigina targ‘ibotchiga munosib baho berib, mehnatini keng jamoatchilikka namoyon etishga xizmat qilmoqda. Tanlovning viloyat bosqichi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida tashkil etildi.
Tanlovda hududiy bosqichning g‘oliblari ishtirok etib, belgilangan nizom bo‘yicha baholanishdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra esa Sherobod tumanidagi 38-umumta’lim maktabi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Otabek Berdiqulov hamda Boysun tumanidagi 57-umumta’lim maktabi ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchisi Karomatullo Karimovlar tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Rahbarlar kitob ulashdi

“O'zbеkiston – kitobxonlar yurti” shiori ostidagi V Rеspublika...

“Chashma”dan birgalikda foydalanamiz

Oʻzbеkiston va Qirgʻiziston “Chashma” bulogʻidan birgalikda foydalanish boʻyicha kеlishuvga...

Milliy liboslar namoyish etildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Z.Mahkamova raisligida 2025-yil 19-mart...

Mehnati muvaffaqiyat keltirdi

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi - 2025” kasbiy ko‘rik-tanlovining respublika...
KunTun
KunTun