Ham bilim, ham hunar o‘rganib…

Date:

Maktab ta’limida nechanchi sinfda o‘qishmasin, yoshlarning bo‘sh vaqti deyarli yo‘q. Darsdan tashqari fanlardan tashkil etilgan fan to‘garaklarida bilim va salohiyatlarini oshirayotgan yoshlar bellarini mahkam bog‘lab, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishga qat’iy ahd qilishgan. Xolbuki, hamma ham o‘qishni davom ettirishni emas, kasb-hunar o‘rganishni, maktab ta’limidan so‘ng, tadbirkorlik qilishni, o‘zini biznesga urishni istaydi. Buning uchun ham maktablarda yetarlicha imkon va shart-sharoit muhayyo ekanligi kishini quvontiradi.


Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Mehnat rohat” mahallasida joylashgan 25-sonli IDUMda ta’lim sifatini oshirish hamda kasbga yo‘naltirish bo‘yicha maktabning texnologiya fan o‘qituvchisi Nadima boshchiligida “tikuvchilik” va “gilamdo‘zlik” kasbi bo‘yicha to‘garaklar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu to‘garaklar esa o‘quvchi-qizlarni befarq qoldirayotgani yo‘q. Albatta, tikish-bichish sirlarini o‘rganib, o‘zi mustaqil ravishda kiyim-kechaklar bichib-tikishni udda qila olish kimga ham yoqmaydi deysiz. Ayniqsa, qo‘lingiz kelishib qolsa, atrofdagilar ham ana shunday liboslar tikib berishingizni so‘raydi. Bu esa qo‘shimcha daromad, biznesga esa ilk qadam degani.
Gilamdo‘zlik to‘garagi ham e’tibordan chetda emas. Bir marta to‘quv dastgohida o‘tirib gilam to‘qishni mashq qilgan qizlar naqshlar sehriga maftun bo‘lib, gilamdo‘zlikka mehri tushganini bilmay qolishayotir. Milliy qadriyatlarimizni tarannum etguvchi ushbu hunarmandchilik turi ham maktabda keng ommalashib bormoqda.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun