15 ta universitetga oʻqishga kirdi

Date:

Yoshlikda olingan bilim, vaqtida kurtak ochgan iqtidor, baribir, o‘z so‘zini aytadi. Alpomish-u Barchinoylar yurti hisoblanmish Boysunning baland tog‘lari, bohavo joylarida o‘sib ulg‘aygan Fotima ham muntazam o‘qidi, izlandi, o‘qishga bor mehrini qo‘yib, irs bilan kitob o‘qidi, til o’rgandi va bu tez orada o‘z samarasini berdi. Aytishadi-ku, oldinga maqsad qo‘yib, ildam harakat qilsa, astoydil Yaratgandan so‘rab mehnat qilsa, butun dunyo uni qo‘llab-quvvatlaydi, unga ko‘makka shoshadi deb. Fotimaning ham bugun zehni va topqirligi, ilmga bo‘lgan intilishi uni eng nufuzli universitetlar tomonga yetakladi.
Vaholangki, viloyatimizda dunyoning nufuzli universitetlari talabaligiga qabul qilinayotgan yoshlar safi kengayib bormoqda. Fotima ham ana shunday shijoatli yoshlarning izidan borib, 15 ta universitetga birdaniga hujjat topshirib, qarabsizki, barisida talabalikka tavsiya etilib turganiga nima deysiz.
Togʻli Boysun tumanida tarqalgan xushxabarga koʻra, tumandagi 13-maktab bitiruvchi sinf oʻquvchisi Fotima Xursanova bir yoʻla jahondagi 15 ta oliy ta’lim muassasasi talabaligiga qabul qilinib, 1 million 112 ming dollar miqdoridagi grant sohibasi boʻldi.
Fotima bilimdon yoshlar ko‘ngilda faqatgina havas uyg‘otadi. Ilmning ahamiyatini oshirsa oshiradiki, also kamaytirmaydi. Vaqtini kitobga oshno tutgan, ilm ummoniga sho‘ng‘igan inson hech qachon quruq qolmasligini, ummon ichra bir gavhar topajagini Fotima misolida ko‘rib turibmiz.

A.Safarova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

14 ta ijtimoiy obyekt foydalanishga topshirildi

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Muzrabot tumanida aholi, ayniqsa, yosh...

Bayram ko‘tarinki ruhda o‘tdi

Bandixon tumani markaziy sport o‘yingohida “Yagona Vatan, yagona xalq...

“Yangi kun” — mehr va e’tibor maskani

Termiz shahrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan...

Xalq muammosi — deputat e’tiborida

Aholi bilan muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini o‘rganish,...
KunTun
KunTun