Yana 4 ta “Aqlvoy” keldi

Date:

Bolani bog‘cha yoshidan bilim olishga, odob-axloq qoidalariga o‘rgatsa, albatta, kelgusida bu xatti-harakat ijobiy samara beradi. Bog‘chaga borgan bolaning gap-so‘zlari, o‘zini tutishi, tezda-tezda ilg‘ab olishida baribir farq bo‘ladi. Ayniqsa, bu narsa maktabga borgan paytda bilinib qoladi. Shuning uchun ham barcha maktabgacha yoshdagi bolajonlar bog‘chalarga qamrab olinishi kerak. Vohamizda ham maktabgacha ta’lim tizimida olib borilayotgan ishlar kundan kun yuksalib, bolalarni imkon qadar bog‘chaga qamrab olishiga yo‘l ochayotgani bor gap.
Sendvich panelli bog‘chalar, avtobuslarda tashkil etilgan “Aqlvoy” bog‘chalarning bunda hissasi bor. Vohamizda mavjud “Aqlvoylar”ga tag‘in 4 tasi qo‘shilib, jajji bolajonlarning quvonchiga quvonch qo‘shishga xizmat qiladigan bo‘ldi.
Viloyatimizda hozirga qadar Qumqoʻrgʻon, Bandixon, Oltinsoy, Denov va Uzun tumanlarida bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovini oshirish maqsadida “Aqlvoy” mobil guruhlari tashkil etish uchun 5 ta avtobus topshirilgan.
Qamrov darajasi past boʻlgan hududlar uchun yana 4 ta maxsus jihozlangan, “Aqlvoy” mobil guruhlari tashkil etishga moslashtirilgan avtobuslar topshirildi. Ushbu 4 ta mobil bogʻchalar hisobiga hududlarda 24 ta guruhga 384 nafar bolaning maktabgacha ta’limga qamrab olinishiga erishiladi.
Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda ushbu “Aqlvoy” mobil avtobuslari qamrov darajasi nisbatan past boʻlgan hududlarga tantanali topshirildi.
Tadbirda viloyat hokimi Ulugʻbek Qosimov ishtirok etib, avtobuslarni tantanali topshirdi hamda mobil bogʻcha sharoitlari va imkoniyatlari bilan tanishdi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

G‘oyalari natija berdi

Innovatsion g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash va yoshlarning tashabbuslarini amaliy loyihalarga aylantirish...

Xizmatlar ko‘lami kengaydi

Oltinsoy tumanining “Bo‘ston” mahallasida ovqatlanish va yangi xizmat ko‘rsatish...

Qurilish jadallashdi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi 63-son umumta’lim maktabida 180 o‘rinli yangi o‘quv...

Eko-bozor loyihasi nazoratda

Sariosiyo tumanidagi “Yangi O‘zbekiston” massivida barpo etilayotgan Eko-bozor qurilishi...
KunTun
KunTun