Kutubxona zamonaviy binoda ish boshladi

Date:

Bugungi kunda “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida e’tiborga molik loyihalar amalga oshirilmoqdaki, natijada aholi uchun qulay shart-sharoit va imkoniyatlar eshigi ochilmoqda. Maktab va bog‘chalar, ziyo maskanlarining qurilishi, ta’mirlanish ishlari boshlab yuborilmoqda. Faqatgina yetarli ovoz to‘plab, tanlovda g‘olib bo‘lsa, kifoya.

Termiz tumani Axborot-kutubxona markazi ham ayni loyihada ishtirok etib, g‘olib bo‘ldi. Qisqa muddat ichida kutubxona rekonstruksiya qilindi va zamonaviy ko‘rinish kasb etdi. Axborot-resurs markazi binosining foydalanishga topshirilishi esa angorliklar, qolaversa, ko‘plab kitobsevar yosh-u keksa uchun munosib tuhfa bo‘ldi.
Aytish kerakki, binoni taʼmirlash uchun 948 million so‘m mablag‘ sarflanib, zaruriy barcha shart-sharoitlar yaratildi. Qolaversa, kutubxonaning kitob fondini boyitish uchun mahalliy byudjetdan 35 million so‘m mablag‘ ajratilib, eng sara va o‘qishli adabiyotlar jamlanmalari bilan ta’minlandi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun