…Moliyalashtiriladigan bo‘ldi

Date:

Mahallamda falonday muammo bor, yo‘limizni ta’mirlash kerak, ichimlik suviga ham zoriqib, olis hududdan tashiymiz bizni eshitadigan yo‘q, qabilidagi gap-so‘zlarga “Tashabbusli byudjet” o‘rin qoldirmayapti, desak mubolag‘a bo‘lmas.
Tashabbuskorlik har doim rag‘batlantirilib, qo‘llab-quvvatlanib kelingan. Hududlardagi yechimini kutayotgan turli xil muammolarni ko‘pchilikning tashabbusi orqali hal qilish, moliyalashtirish va shu orqali aholini qiynab kelayotgan masalalarni bartaraf etish, farovon turmush tarzini yaratish borasida tashkil etilgan “Tashabbusli byudjet” jamg‘armasi orqali amalga oshirilayotgan loyihalar fikrimiz tasdig‘idir.
Fuqarolar ham “Tashabbusli byudjet”da anchayin faol bo‘lishga intilib, o‘z atrofidagi hududiy muammolar bilan ishtirok etib, taqdim etayotgan loyihalari g‘olib bo‘lishi uchun bor kuch va imkoniyatini ishga solayotgani quvonarli.
“Tashabbusli byudjet”da yo‘l qurilishi, maktabni ta’mirlash, yangidan maktabgacha ta’lim tashkiloti bunyod etish, sport maydonchalarini ta’mirlash, mahallani obod etish kabi zaruriy loyihalar bilan birga aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash borasida ham juda ko‘plab loyihalar ovoz yig‘ishga qo‘yilgan edi.
To‘g‘ri, ovozga qo‘yilgan barcha loyihalar ham g‘olib bo‘lmadi, biroq ikki mingdan ortiq ovoz to‘plagan loyihalarni ham qo‘llab-quvvatlash imkoniyati yaratildi.
Ma’lumotlarga qaraganda, mazkur mavsumda 2 000 tadan ortiq ovoz yig‘gan, lekin g‘olib bo‘lmagan yana 1 309 ta loyiha ham ajratiladigan qo‘shimcha 1,3 trillion so‘m hisobiga moliyalashtiriladigan bo‘ldi. Demak, 2 000 tadan ko‘p ovoz to‘plagan boshqa viloyatlar bilan bir qatorda, Surxondaryodan 3 ta mahallaning suv taʼminoti bilan bog‘liq loyihalari “Tashabbusli byudjet” hisobidan moliyalashtiriladigan bo‘ldi.

Haqgo‘y

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Majburiy ijro byurosi: 9 oyda 5,4 trillion so‘m mablag‘ undirildi

Bugun Termiz shahridagi Matbuot uyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi...

Murojaatlardan aniq vazifalargacha

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Muzrabot tumanidagi At-Termiziy mahallasida...

Elektr ta’minotini kuchaytirish uchun 15 milliard so‘m yo‘naltirildi

Muzrabot tumanida aholi xonadonlari va tadbirkorlik subyektlarini barqaror elektr...

Xotin-qizlar bandligi: tashabbus va amaliy natija

Qumqo‘rg‘on tumanida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va oilaviy...
KunTun
KunTun