“Salomatlik sayllari” aksiyasi doirasida

Date:

Respublika bo‘ylab keng quloch yozgan “Salomatlik sayllari” aksiyasi doirasida katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xalq salomatligi yo‘lida odamlar emas, tajribali tibbiyot xodimlarining o‘zi shifo istab chekka-chekka hududlargacha borib, kerakli yordamni ko‘rsatayotgani yurtimizda inson qadri nechog‘lik ulug‘ ekanini ko‘rsatib turgandek.
“Salomatlik sayllari” oyligi doirasida yigirmadan ortiq mutaxassislik bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarning malakali shifokorlari, shuningdek, viloyat tibbiy muassasalarining yetuk mutaxassislari boshqa tumanlar qatori Uzun tumanida ham bo‘lishdi. Mavjud oilaviy poliklinikalarda ro‘yxatda turgan bemorlar, yoshi ulug‘ keksalar, yosh bolali onalar, ularning farzandlari chuqurlashtirilgan ko‘riklarga jalb qilindi.
Shifokor ko‘rigiga boraman deb kunlarini o‘tkazayotgan uzunliklar uchun tibbiy ko‘rikning tashkil etilishi ayni muddao bo‘ldi. Kerakli tibbiy asbob-uskunalarning xizmat ko‘rsatishi, tahlil natijalari ham shu joyning o‘zida aniqlashtirilib, kerakli muolajaning belgilanishi aholi uchun qulaylik yaratdi.
Bir guruh malakali shifokorlar bu bilan kifoyalanishmadi, fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bilan bir qatorda ko‘rgazmali vositalar yordamida salomatlik burchaklari tashkil etilishida jonbozlik ko‘rsatishib, aholi uchun zararli va foydali mahsulotlar haqida tushunchalar ham berib o‘tishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Magistrantlarimiz Jiangsuda

Termiz davlat universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari izchil kengayib, talabalar...

Muammolar yechimi muhokamada

Mamlakatimizda yoshlar bilan muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini...

Voleybolchi qizlardan faxrli natija

Qoraqalpog‘iston Respublikasida voleybol bo‘yicha U-17 qizlar o‘rtasida Respublika chempionati...

Yoshlar ishli bo‘ldi

Prezident tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni “Yoshlar kuni”...
KunTun
KunTun