Iqbol Mirzo Surxondaryoda…

Date:

Shoirni ijodi elga aziz qiladi. So‘zlari, misralari ko‘ngildan joy oladi-da, tilda kalima misol yangrayveradi. Iqbol Mirzo she’riyati ham shunday. Xalq tili bilan aytganda xit darajasiga ko‘tarilgan ko‘plab qo‘shiqlarning sevimli bo‘lishiga qo‘shiq matnining, mazmundagi dardning xizmati katta bo‘ladi. Shoir she’rlari ham shu tariqa yod bo‘lib ketgan. Nega shunday?
Sababi, Iqbol Mirzo suhbatlaridan birida aytganidek, “Ijodkor yolg‘onni to‘qiydi-yu, haqiqatni yozadi. Agar u to‘g‘rilikdan tonsa, haybarakallachilik qilsa, yolg‘on yozsa, so‘zning qadri yo‘qoladi, oyoq osti bo‘lib, ozib-to‘zib qolaveradi. Shoir qaysi yo‘nalishda yozmasin, xoh u modern bo‘lsin, xoh an’anaviylik yoki oq-sarbast she’rlar bo‘ladimi, faqat va faqat to‘g‘ri yoza bilsa, shuning o‘zi kifoya…” haqiqatan ham shoir aytganlariga to‘liq amal qilganki, so‘z qadrini sof holda asrab, muxlisiga yetkazganki, muallif ijodini o‘qiyveramiz, qayta va qayta murojaat qilaveramiz.

O‘zbek she’riyatining atoqli shoiri bilan uchrashmoq, suhbatidan bahramand bo‘lmoq esa har qanday muxlis uchun quvonchli voqea. Surxondaryolik, adabiyot, she’riyat ixlosmandlari esa ana shunday voqeaga guvoh bo‘lishdi. Termiz davlat universitetida O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda “Sharq” nashriyoti bosh muharriri A.Ahmedov ham ishtirok etdi.
Aytish kerakki, adabiyot va siyosat tamoman bir-biridan yiroq bo‘lgan tushuncha. Ammo, har ikkisi ham xalq dardini, muammolarini ko‘zlaydi. Insonlarga, umumga manfaat keltirishni istaydi. Ayni jihatlarni hisobga olganda esa ijod kishi ham eng yaxshi targ‘ibotchi bo‘la oladi. Bo‘lganda ham xalq qalbiga yo‘l topa olib, o‘qni nishonga tekkizmay qo‘ymaydi. Shu ma’noda adabiy uchrashuv davomida shoir Iqbol Mirzo ham bugungi muhim sana oldidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Uchrashuv samimiy va do‘stona ruhda o‘tdi. Mehmonlar yoshlarga ijod olamining o‘ziga xos mashaqqatlari haqida so‘zlab, o‘z hayotiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Yosh qalamkashlar atoqli adib, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo tomonidan berilgan tavsiyalarni katta qiziqish bilan tingladi. Shuningdek, universitetning sheʼriyatga ixlosmand talabalari shoir qalamiga mansub sheʼrlaridan namunalar keltirishdi.
Professor-o‘qituvchilar va sheʼriyatga qiziquvchi talabalar uchun ushbu uchrashuv tom maʼnoda adabiyot kechasiga aylanib ketdi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

YOSHLAR KASTINGDAN OʻTDI

Jurnalistika yoshlar uchun qiziqarli va qaynoq soha. Mehnat-u mashaqqat...

Inson koʻrsatmasisiz…

Amеrikalik olimlar jarrohlik roboti va uni boshqaradigan sun'iy intеllеkt...

Insonlarsiz asfalt qilinmoqda

Inson aqli, ong-u tafakkuri har qanday muammoga yechim topishga...

Talabgorlar faqat ayollarmi?

Oʻzbеkistonda 2025-yilning birinchi yarmida ayollar tomonidan ipotеka krеditiga boʻlgan...
KunTun
KunTun