“Oy borib, omon qaytsin…”

Date:

Termiz shahridagi Alpomish haykali yoni har doimgidan-da odamlar bilan gavjum. O‘ziga xos shukuh hukmron bo‘lgan bu joyda ota-onalar, yaqin birodarlar jondan aziz farzandlarini Vatanga sidqidildan xizmat qilishlari uchun muddatli harbiy xizmatga jo‘natishayotir. Bir guruh mard, jasur o‘g‘lonlar esa egnilariga yarashgan harbiylik libosini kiyib, yelkalariga katta mas’uliyat bilan ketish taraddudida. Ko‘ngillarida esa faxr-iftixor tuyg‘usi… Har qadamida, gap-so‘zi-yu, amalida shu tuyg‘uning ifodasi mujassamdek.

Tantanali kuzatish marosimini kuzatib turganlar borki, ana shunday manzaraning guvohi bo‘lib turibdi. Shu lahzalarda yangragan harbiy orkestr kuy sadolari barchani sergaklantirib qo‘ydi. Vatan himoyasiga otlangan askarlarga bir saf bo‘lib ketishga chog‘lanishdi. Bo‘lajak askarlarga yo‘ldosh bo‘lishi uchun “Armiya – hayot maktabi” kitobi hamda sanitariya-gigiyena vositalari topshirildi.

So‘zga chiqqanlar armiyamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning tinch, farovon hayotimizni taʼminlashdagi o‘rni haqida fikr bildirish bilan birga, chaqiriluvchilarning Vatan oldidagi yigitlik burchini sharaf bilan o‘tashiga ishonch bildirishdi. Qo‘llarini duoga ochib, oy borib, omon qaytishini tilashdi.
Shundan so‘ng, o‘g‘lonlar Termiz temir yo‘l vokzalidan tantanali kuzatildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qutqaruvchilar shayligi sinovdan o‘tkazildi

Zilzila kutilmaganda yuz beradi, uning oqibatlarini kamaytirish esa qutqaruv...

Xalqaro akademik hamkorlik sari yangi qadam

Oliy ta’limda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy universitetlar tajribasini o‘rganish...

Ilk oltin medal qo‘lga kiritildi

«Prezident Olimpiadasi» doirasida og‘ir atletika bo‘yicha ayollar o‘rtasida 49...

Favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik: ustuvor vazifalar belgilandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining ikkinchi kunida...
KunTun
KunTun