MEHR

Date:

“Kun bo‘yi ro‘zador holida qurilishda, oftob tig‘ida ishladi, juda ochiqqandir”, o‘yladi ayol eriga zimdan qarab.  “Yaxshisi, boya yeb olgandim, qornim to‘q deb aytaman”.

“Homilador ahvolida tuzuk-quruq yedira olmayapman”, o‘yladi erkak ayoliga gunohkorona boqib. “Ikki kishi uchun yeyishi kerak. Yaxshisi… do‘stimnikida iftorlik qilib keldim, deyman”.

Do‘ppidekkina palov er-u xotin o‘rtasida xokisor turardi…

Nodirabegim Ibrohimova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Chiqindidan elektr energiyasi

Surxondaryo viloyatida chiqindilarni qayta ishlash va ulardan energiya olishga...

Farzandlarimiz xavfsizligi uchun

Jarqo‘rg‘on tumanining Alisher Navoiy mahallasi “Ibn Sino” ko‘chasida mahalla...

“Navoiyni anglash — o‘zlikni anglash”

Ayni mavzusidagi respublika insholar tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichi bo‘lib...

10 gektar tutzor aholiga bo‘lib berildi

Termiz tumanining "Sabzipoya" mahallasida 10 gektar maydonda 30 ming...
KunTun
KunTun