Tilagi tuhfasida mujassam

Date:

Eng qimmatli va ajoyib sovg‘a — bu kitob bo‘lsa kerak. Albatta, kitobning qadr-u qimmatini kitobxongina yaxshi biladi. Ammo, kitob o‘qimasga ham aynan kitob tuhfa etilsa, shubhasiz, shunchaki varaqlab, bir-ikki sahifasiga ko‘z yugurtirib ham mutolaaga qiziqib ketishi, o‘zi uchun yangi bir olamni, yaxshi bir mashg‘ulotni kashf qilishi aniq. Shunday ekan, haqiqatan ham kitob eng qimmatli sovg‘a. U inson kamoloti uchun zarurat. O‘zligini anglatadigan, hayot haqiqatlarini ochadigan kalit misol.
Ana shunday qimmatli sovg‘a orqali yaqinlarimizga ravo ko‘radigan tilaklarimizni ham bildirgandek bo‘lamiz. Sho‘rchi tuman hokimi Ulug‘bek Zokirov tuman o‘quvchi-yoshlarini o‘z farzandlaridek ko‘radi. Ularning kelajagi porloq, ertangi kuni nurafshon bo‘lishini istaydi. Shuning uchun ham ravo ko‘radigan tilak va istaklari yoshlar uchun ilingan tuhfasida mujassam bo‘ldi. Hokim tuman axborot kutubxona markaziga 50 million so‘mlik 1242 dona yangi adabiyotlar sovg‘a qildi. Adabiyotlar bo‘lganda ham o‘qishli, o‘zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlari… Bu asarlar kitobxonga eng yaxshi do‘st va hamroh bo‘lish bilan birga, dunyoqarashini kengaytirishga, yoshlar kamoloti uchun xizmat qiladi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Musiqa terapiya assotsiatsiyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda musiqa terapiya sohasini rivojlantirish va uning zamonaviy tibbiyotdagi...

Tarbiyalanuvchilar uchun avtobus ajratildi

Boysun tumanining chekka hududlaridagi bolalar uchun maxsus avtobus ajratildi....

Narxlar barqaror

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik nafaqat issiqlik ta’minoti yoki energiya masalasi,...

Yangi o‘quv markazlari tashkil etiladi

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida rektor Rasul To‘rayev...
KunTun
KunTun