Issiqxona — daromad manbai

Date:

Voha ahlining asosiy mashg‘uloti qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, dehqonchilik va chorvachilik. Yaratgan janubiy o‘lkani unumdor yer, ajib iqlim sharoiti, yilda to‘rt fasl quyoshi bilan siylagan. Shunday ekan, bir yilda bo‘r marotaba yerga urug‘ qadab, mo‘l-ko‘l hosil olish imkoni bor. Vohadoshlarimiz esa bu imkondan unumli foydalanib, o‘zlari va oilalari uchun mo‘maygina daromad orttirishayotir.
Angor tumanining Qoraqir mahallasi ahlini qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan desa ham bo‘ladi. Ular yerga mehr berib, tuproq bilan tillashadigan odamlar. Har bir xonadonda mo‘jazgina issiqxona mavjud bo‘lib, ularda bulg‘or qalampiri, pomidor, bodring mahsulotlari gurkirab o‘sib, meva tugib yotgan bo‘ladi. Qoraqirliklar ham tinim bilmay, mo‘l hosil olish uchun issiqxona ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Ushbu mahallada yashovchi Charos Eshmurodova ham ota-onasi mehnat qilib, aslo kam bo‘lishmaganini ko‘rdi-da, u ham o‘z mustaqil ishini aynan shu yo‘nalishda ko‘rdi. Bankdan 22 million so‘m imtiyozli kredit olib, 3 sotixli issiqxona tashkil qildi. Oila a’zolari ko‘magi bilan ikki yildan buyon issiqxonada qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib kelmoqda. Bu bilan kam bo‘lmadi, daromadi ham yomon emas. Dasturxonidan qishin-yozin pomidor-u bodring uzilmaydi. Charosning mahalladoshlari ham ana shunday tashabbus ko‘rsatib, oilaviy byudjetiga naf keltirishni boshlab yuborishgan.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...

“Ziyoli kelajak” loyihasi Boysunda

“Yuksalish” harakati tomonidan mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yirik...

O‘zbek tili bilimdonlari saralandi

Termiz davlat universitetida xorijlik talabalar o‘rtasida o‘zbek tili fanidan...

Raqiblarin ortda qoldirdi

Qirg‘iziston Respublikasining Talas shahrida yengil atletika bo‘yicha “Manas Demi”...
KunTun
KunTun