Bunyodkorlik ishlari nazoratda

Date:

Termiz shahrida turar joylar bilan bir qatorda aholi bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalari ham amalga oshirilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov “Surxon sohili” mahallasida “Temirchilik klasteri” qurilishi bilan tanishib, ishlar loyiha-grafigidan ortda qolayotganini tanqid qildi hamda qurilishni jadallashtirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Shuningdek, “Yangi Termiz siti” majmuasida olib borilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Ma’lum qilinishicha, 2026-yilda shaharda 13 mingdan ortiq xonadonga mo‘ljallangan 123 ta ko‘p qavatli uy qurilishi rejalashtirilgan.

Viloyat rahbari qurilishlarda me’yorlarga amal qilish, ortiqcha yuk ortgan yuk mashinalari harakatini tartibga solish hamda xususiylashtirilgan, ammo bo‘sh turgan obyektlarda yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha mutasaddilarga vazifalar yukladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun