5000 QADAM YURISHDI

Date:

Piyoda yurishning foydasi ko‘p. Oyoqning chigili yozilishi bilan nafas olish mo‘tadillashadi, organizmda qon aylanishi yaxshilanadi, hazm jarayonini tezlashtiradi. Qolaversa, uzoq umr ko‘rish sari ilk qadam ham ayni piyoda yurishdan boshlanadi. Ozishni tezlashtirishini hisobga olganda esa ayollarimizning ortiqcha sarf-harajat qilib ozdiruvchi dori-darmonlarga murojaat qilishlariga hojat qolmaydi.
Bir so‘z bilan aytganda, piyoda yurishni odat qilgan odam sog‘lom turmush tarziga rioya qilayotgan, salomatligini asrayotgan bo‘ladi. Shu sababdan ham Qiziriq tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan sog‘lom turmush muhitini yaratish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida “Sog‘lom turmush uchun 5000 qadam!” shiori ostida sog‘lomlashtirish va yurish tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Yurish marafoniga birlashma xodimlari jalb qilindi. Marafon davomida toza havo qo‘ynida sayr qilayotganlarni ko‘rgan ko‘ngillilar ham ko‘plar safiga qo‘shilib ketishdi. Besh ming qadam piyoda yurganlar aytilgan masofani bosib o‘tishgach, tanani chiniqtiruvchi sport mashqlarini bajarishga tutinishdi.

Sohibjamol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

500 million so‘mlik daromad kutilmoqda

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop mahsulot yetishtirish...

Vaucherlar topshirildi

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bolalar salomatligini tiklash va...

Sayyor qabul: Muammolar joyida hal

Aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini joyida o‘rganish...

Ustozlar e’tirof etildi

Yoshlarni sportga keng jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib...
KunTun
KunTun