San’at asarlari bilan yuzlashib…

Date:

Termiz davlat universitetining arxitektura va qurilish fakultetiga yo‘lingiz tushsa, ajib manzaraga guvoh bo‘lasiz. Yo‘lak davomida ikki yoningizdan ko‘zlaringizni quvnatuvchi san’at asarlari marjondek tizib qo‘yilgan. Ona tabiat manzaralari, soy-u anhorlar, tog‘-u toshlar tasviri sizni uzoq kengliklarga olib ketadi. Bahor nafasi esayotgan bir kunda tog‘ havosini, qor taftini his etgandek bo‘lasiz. Haqiqatan ham chizgilar haqiqiy manzaradan qolishmaydi. Ayni jonli ko‘chirma olingandek, sizni o‘ziga sehrlab qo‘yadi. Yo‘lak bo‘ylab yuraversangiz, tasviriy san’atning boshqa janrlardagi chizgilari bilan tanishasiz. Portret, tarixni jonlantirguvchi jang sahnalari… ularning har biri bir asar, bir olam ma’no. Qiyofalarga, nigohlarga termulib sukut saqlaysiz.
Ha, Termiz davlat universiteti milliy libos va san’at fakultetining iqtidorli talabalari bo‘sh vaqtlarini mana shunday chizgilar, san’at asarlari chizib, mazmunli o‘tkazishadi. San’atidan o‘zlari va o‘zgalarni bahramand qilish uchun intilishadi. Tashkil etilgan rasmlar ko‘rgazmasida ham ana shunday ijodkor rassomlarning ishlari o‘rin olgan. Ko‘rgazmaga tashrif buyurgan ustoz-murabbiylar, talaba-yoshlar borki, san’at asarlaridan bahramand bo‘lishdi. Ko‘rgazma davomida o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashgan iqtidorli talabalar universitet ma’muriyati tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Raqamlar aniq, ma’lumot to‘liq bo‘ladi

Hech bir davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini aniq statistik ma’lumotlarsiz tasavvur...

“QVZda bo‘sh kelmadik”

Denov tadbirkorlik va pedagogika institutining QVZ “Onlayn” jamoasi uchun...

Istihola qilinmaydi, qat’iy talab qo‘yiladi

Har bir yilning o‘z hisobi va tahlili bor. Prezidentimiz...

Mahalla rivojlansa, jamiyat yuksaladi

Bugungi globallashuv va keskin raqobat muhitida O‘zbekiston iqtisodiy, texnologik...
KunTun
KunTun