Tuman hokimining e’tiborini tortgan maktab

Date:

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doimiy harakatga aylandi. Ona tabiatning, qolaversa, ekologiyamizning sofligini saqlashni niyat qilgan borki, ezgu niyat bilan yerga nihol qadadi. Bu ishga rahbar-u xodimlar, xalqimizning har bir vakili o‘z hissasini qo‘shishga bel bog‘ladi. Mana shunday harakatdan ruhlangan yoshlar ham bir chetda qarab turishmagani esa tahsinga sazovor.
Termiz tumanidagi 23-sonli maktab o‘quvchi-yoshlari ustozlarining ko‘magi va tavsiyasi ila maktabdagi bo‘sh turgan yer maydonlariga manzarali va mevali daraxt ko‘chatlarini ekishdi. Albatta, ekkanda ham hududning iqlim sharoiti, tuproq unumdorli, suvga chidamli jihatlarini ham inobatga olishdi. Ushbu ko‘chatlarning sanog‘i bilan qiziqsangiz, ularning soni oz emas, ko‘p emas — 15 mingdan ortgani esa tuman hokimi Shuhrat Nazarovning-da e’tiborini tortdi.
Hokim o‘quvchilarning hamda maktab jamoasining bunday harakatini e’tirof etdi va mehnatni munosib rag‘batlantirish maqsadida maktabga qimmatbaho sovg‘alar ulashdi. Tuman hokimining tashrifi esa maktabda katta tadbirga ulanib ketdi. Bu esa o‘quvchilarni yanada ruhlantirib, yaratuvchanlikka, mehnatsevarlikka, o‘qib o‘rganishga undashi aniq.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Instagramda yangi cheklov

Instagram 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun “13+” maxsus cheklov...

Yer oila aʼzolari nomiga oʻtkaziladi

O‘zbekiston qonunchiligi yangi qadam tashlab, fermerlarga ijara asosidagi qishloq...

Kredit oqibati ogohlantiriladi

So‘nggi yillarda mamlakatda mikroqarz va iste’mol kreditlari bozori faollashmoqda....

Savodi sinovdan oʻtdi

Diktant yozish nafaqat yozuv madaniyatini rivojlantiradi, balki ona tiliga...
KunTun
KunTun