O‘quvchilar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Date:

O‘quvchi-yoshlar gavjum bo‘ladigan, ta’lim-tarbiya oladigan go‘sha bu maktabdir. Har bir o‘quvchining maktab tartib-intizomiga, qoidalariga amal qilishi qat’iy talab etiladi. Shu jumladan tozalikka, gigiyenaga ham. Bordi-yu, maktabda biror bir o‘quvchi shamollab yoki biror yuqumli kasallik bilan og‘rib qolsa bormi, bu atrofdagilarga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shunday ekan, sihat-salomatlik ta’lim-tarbiya kabi muhimdir.
Shu jihatlarni inobatga olgan holda umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish ishlari boshlab yuborilgan. Ana shunday tadbirlardan biri Termiz shahridagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bo‘lib o‘tdi. Maktabning 7 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilari shifokorlar yordamida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy tekshiruv davomida 450 nafar o‘quvchi lor, okulist, stomatolog, kardiolog, jarroh, nevropatolog, ginekolog va pediatr kabi shifokorlar tomonidan tibbiy nazoratdan o‘tkazildi. Shuningdek, tibbiy tekshiruv bahona mavzuga doir davra suhbati o‘tkazildi va o‘quvchilarga kasalliklarga qarshi emlashning foydali jihatlari haqida tushuntirildi.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun