Termizda simulyasion markazi tashkil etiladi

Date:

Surxondaryo viloyat hokimi barcha sohalar qatori tibbiyot sohasini ham e’tibordan chetda qoldirgan emas. Yil boshidan buyon tizimda yetarli shart-sharoitlar yaratish, aholi sihat-salomatligini ta’minlash maqsadida joylarda bo‘lib, kerali topshiriq va vazifalarni berib kelmoqda.
Bu safar ham Ulug‘bek Qosimov viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida bo‘lib, bu yerda infeksion kasalliklardan davolanayotgan bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Soha masʼullari bilan shifoxonadagi mavjud muammolar o‘rganilib, pandemiya vaqtida to‘plangan tajriba asosida yuqumli kasalliklarni davolash, uning tarqalishining oldini olish uchun muassasaning shaylik holatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.
Shifoxonaning o‘zida viloyat hokimi Germaniya Taraqqiyot banki (KfW) vakillari va “GIZ” loyihasi rahbari bilan uchrashdi. Germaniya Federativ Respublikasining Taraqqiyot banki va “GIZ” loyihasi tomonidan Termiz shahrida tibbiyot xodimlari uchun o‘quv kurslari va simulyasion markazini tashkil etish loyihasini ko‘rib chiqdi.
Viloyat rahbari loyiha bilan tanishib, Germaniyaning tibbiyot sohasidagi boy tajribasi asosida O‘zbekiston va qo‘shni davlatlar, xususan, Afg‘oniston fuqarolarining tibbiy taʼlim olishi va malakasini oshirishini yo‘lga qo‘yish maqsadida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha uchun barcha zarur yordam ko‘rsatilishini maʼlum qildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Koʻprik foydalanishga shay

Sherobod tumanida xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan M-39 va M-41...

Bayramga tuhfa

O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining o‘ttiz uch yilligi arafasida vohamizning...

Yoshlarga munosib tuhfa

Tashabbusli byudjetning 2025-yil 1-mavsumi doirasida Denov tumanidagi O‘zbekiston MFY...

Termiz shahrida 1,5, Muzrabot tumanida 6,0 kilometr…

Surxondaryo viloyatida aholi farovonligi va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiluvchi...
KunTun
KunTun