97 ming dollarlik grand yutdi

Date:

Til o‘rganish har bir yoshga katta imkoniyatlar eshigini ochib beradi. Shunday ekan bu imkondan foydalanish har kimning o‘ziga bog‘liq. Vaqtdan unumli foydalanib, inson o‘z ustida ishlashi ham, bekorchilik bilan vaqtini o‘tkazishi ham mumkin. Shunchaki kelajakka qo‘yadigan qadamimiz, taqdirimiz nechog‘lik muhim ekanini bugun qabul qiladigan qarorlarimiz hal qilib beradi.
Termiz tumanidagi 35-sonli maktabning 11-sinf o‘quvchisi Nodirbek Egamberdiyev esa o‘zi uchun to‘g‘ri qaror qabul qila oldi. Maktabdagi ta’lim-tarbiya bilan birgalikda til o‘rganishga e’tibor qaratdi. To‘g‘ri, boshida qiynalgandir, ammo natijaga erishgani sayin, o‘zidan mamnun bo‘ldi. Bu esa o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirdi. Shundan so‘ng, xorijning nufuzli oliygohlariga o‘qishga kirish uchun onlayn tarzda hujat topshirib, imtihonlarida ishtirok etdi. Haqiqatan natija yomon bo‘lmadi, u Janubiy Koreyadagi Sejong universitetining 97 ming dollarlik grandi sohibiga aylandi.
U bu bilan cheklanmadi. Nodirbek Latviyaning ISMA universiteti hamda Janubiy Koreyaning yana bir oliygohi, Pusan National universitetiga ham grand asosida o‘qishga qabul qilingan. Bu borada eng to‘g‘ri tanlovni qabul qilish esa uning o‘ziga havola. Nodirbek qaysi universitetni tanlashidan qat’iy nazar, u yurtimiz kelajagi uchun xizmat qiladigan kerakli kadr sifatida yetishib chiqishiga shubha yo‘q.

S.Davlatova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kitobxonlik — tafakkur poydevori

Yosh avlodning ma’naviy kamoloti, dunyoqarashi va mutolaa madaniyatini yuksaltirishda...

Tashabbusli byudjet: ochiqlik kuchaytiriladi

Fuqarolarning mahalliy muammolarni hal etishdagi ishtirokini kengaytirish hamda tashabbusli...

Eng kuchli polvonlar aniqlandi

Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, milliy...

Raqamli salohiyat oshiriladi

Bugungi kunda zamonaviy armiyaning kuchi nafaqat harbiy tayyorgarlik, balki...
KunTun
KunTun