Muammolar o‘rganildi

Date:

Iste’molimiz va foydalanish uchun qandaydir mahsulot xarid qilar ekanmiz, sifatli va hamyonbopini tanlashga urinamiz. Xonadonimizda foydalanadigan oddiygina plastik quvurlar ana shunday arzon va sifatli mahsulotlar sirasiga kiradi. Qolaversa, u neft-gaz granulalaridan tayyorlangan shu turdagi quvurlardan ancha arzon. Angor tumanida “Bio Texno Eco” MChJning chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan zamonaviy korxonasida maishiy chiqindilar klaster usulida qayta ishlanib, 10 ga yaqin turdagi tayyor va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqariladi. Va aynan plastik quvurlar chiqindini qayta ishlash orqali tayyorlangani uchun ham aholi uchun qulaylik tug‘dirayotir. Demak, biz chiqindi sifatida tashlab yuboradigan chiqindilar saralanib, qayta ishlanib, ikkinchi hayotini o‘tay boshlaydi.
Umumiy qiymati 31,8 milliard so‘m bo‘lgan ushbu loyihada hozirgi kunda 210 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritayotir. Korxona yiliga 30 ming tonna chiqindilarni saralash, qayta ishlash va truba, plastmass moyka uskunalari, salafan moyka, salafan granula va boshqa turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatiga ega.
Surxondaryo viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur korxona faoliyati va bu yerda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar turlari bilan tanishdi. Angor va Termiz tumanlari hamda Termiz shahridagi mavjud chiqindilarni yig‘ish, saralash va qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi mazkur korxona mavjud qarzdorliklar hamda xomashyo, yaʼni qayta ishlanuvchi chiqindilarning boshqa hududlarga olib chiqib ketilayotganligi sababli to‘liq quvvatda ishlamasdan qolmoqda.
Viloyat rahbari korxonaning mavjud muammolarini o‘rganar ekan, zamonaviy xomashyo bazasi yetishmaganligi sababli o‘rnatilmagan zamonaviy uskunalarga eʼtibor qaratdi. Masʼullarga korxona faoliyatini rivojlantirish, chiqindilarning o‘z vaqtida olib chiqilishini taʼminlash, xom ashyo bazasini kengaytirish maqsadida 500 dan ortiq qo‘shimcha ish o‘rni yaratgan holda viloyatning barcha hududlaridan qayta ishlanuvchi chiqindilarni yig‘ishni yo‘lga qo‘yish loyiha-taklifini ishlab chiqib, taqdimot qilish topshirig‘i berildi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun