“Men donorman”

Date:

Biz uchun qon topshirib, donorlik qilish, odatdagi doimiy ishlarimizdan biri bo‘lishi mumkin, ammo bu harakatimiz bilan bir insonning hayotini saqlab qolishimiz mumkinligini xayolimizga ham keltirmaymiz. Donorlik savobdir. Shu bilan birga o‘zimiz, organizmimiz uchun foydali hamdir. Bu bilan organizmimizdagi ishlovda bo‘lgan qonlar chiqib, yangi qon tanachalari ishlab chiqarish jarayoni boshlanib ketadi. Yangi qon esa insonni yanada yashartirish, 5 yilgacha umrni uzaytirish xususiyatiga ega ekani allaqachon isbotlangan haqiqatdir. Odamlarga ezgulik va yaxshilik ulashish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Surxondaryo viloyat Kengashi hamda harbiy qism va muassasalardagi boshlang‘ich tashkilotlar yetakchilari hamkorligida “Men donorman” xayriya aksiyasi tashkil etildi.
Aksiyada viloyat bojxona, Ichki ishlar, DXX Chegara qo‘shinlari, Favqulodda vaziyatlar, Milliy gvardiya, Milliy gvardiya qo‘riqlash boshqarmalari, Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qism yosh harbiy xizmatchilari, “Kamalak” sardorlari ko‘ngilli sifatida faollik ko‘rsatishgan bo‘lsa, aksiyadan xabar topgan ko‘ngillilar ham bir chetda jim qarab turishmadi. Kerakli tekshiruvlardan o‘tib, qon topshirdilar.
Bunday harakatlar negizida harbiy xizmatchilar-u xalqimizning har bir vakili insonlar sog‘lig‘ini asrashda befarq emasliklarini ko‘rish mumkin. Aksiya davomida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda kuch tuzilmalari yetakchilari harbiy xizmatchilari kelajakda muntazam ravishda “Men donorman” aksiyasida ishtirok etishi bo‘yicha kelishib oldi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun