Navoiy yodi qalbimizda, ijodimizda yashaydi

Date:

Ali Yazdiy nazariga tushgan, Mavlono Lutfiy uning isteʼdodiga yuqori baho bergan, Kamol Turbatiy eʼtirofini qozongan, Sayyid Hasan Ardasher, Pahlavon Muhammad kabi ustozlardan taʼlim olgan, Abdurahmon Jomiy bilan ijodiy hamkorlikda boʻlgan, o‘zbek adabiy tili va adabiyotining asoschisi, shoir, olim, ma’rifatparvar, faylasuf, musiqashunos, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludiga 582 yil to‘ldi. Mazkur sana munosabati bilan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Surxondaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Angor tumanidagi 30-sonli umumta’lim maktabida “Navoiy vorislari” ko‘rik-tanlovi tashkil etildi.

Ushbu ko‘rik-tanlov orqali o‘quvchi-yoshlar ulug‘ mutafakkir bobomizni naqadar bilishlarini, ijodiyotiga qiziqishlarini bilib olish mumkin bo‘ldi. Tanlov shartlariga ko‘ra ishtirokchilar teatrlashtirilgan sahna asarlarini taqdim etdilar. Iqtidorli yoshlar Navoiy g‘azallarini kuyga solib, ajib xonish qilishgan bo‘lsa, ifodali o‘qilgan g‘azal va ruboiylar maroq ila tinglandi.

Ko‘taringki ruhda o‘tgan ko‘rik-tanlov yakunida faol ishtirokchilarga mas’ullar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

H.Baxtiyorova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bezorilik — oddiy mojaro emas

Bezorilik — jamoat tartibiga qarşi qaratilgan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini...

Hadislar qa’ridan haqiqat izlab…

Hadis ilmining eng e’tiborli namoyandalaridan biri bölgan Abu Iso...

Taqiqdan amaliy himoyagacha

Mehnat munosabatlarida xavfsizlik faqat texnik talablar va baxtsiz hodisalarning...

Oddiy, ammo muhim tavsiya

Kuz-qiş mavsumida isitiş moslamalaridan foydalaniş ortişi bilan is gazidan...
KunTun
KunTun