Ichki yo‘llari taʼmirlanmoqda

Date:

Sherobod tumani “Boybuloq” mahallasidagi Bobotepa qishlog‘i iqtisodiy-ijtimoiy ahvoli nisbatan og‘ir hudud sifatida tanlab olingan. Qishloq ko‘chalari hali asfaltlanmagani uchun qish-qirovli kunlarda loy, yozda chang. Bu esa aholi uchun noqulaylik tug‘diradi. Tumanning qaysi nuqtasida sayyor qabul bo‘lmasin, bobotepaliklarning birdan-bir arzi ham, murojaati-yu dardi ham qishloq ko‘chalarini asfaltlash masalasi bo‘lardi.
Axiryi qishloq ahlining murojaatlari munosib yechim topadigan bo‘ldi. Bobotepa qishlog‘ining ko‘chalarini toshlash ishlari amalga oshirildi. Tadbirga 3 ta og‘ir yuk mashinasi va 1 ta maxsus texnika jalb qilindi. Mahalladagi 2,5 kilometr tuproq yo‘llarni toshlash va taʼmirlash rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kunga qadar ushbu yo‘llarning 1,8 kilometr qismida ishlar bajarildi. Qolgan qismlarida ham ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilayotir.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

 “Yashil daromad” sari…

Bandixon tumanida kam ta’minlangan hamda ishsiz fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, ularning...

Inson qadri — ustuvor

Bandixon tumanida inson qadrini ulug‘lash, aholi muammolarini joyida hal...

Bekatlarning SOS tugmasi bo‘ladi

Toshkent shahrida jamoat transporti tizimini zamonaviy va qulay qilish...

Qarzdorlik 1 milliondan oshsa…

Prezidentning 2025-yil noyabr qaroriga muvofiq, jismoniy shaxslarning yer va...
KunTun
KunTun