Tadbirkorlik ayollar e’tiborida

Date:

Jamiyat hayotimizda ko‘pincha ayollar uy yumushlari va bola tarbiyasi sabab ishsizlar safini kengaytirib keladi. Uyidan chiqmagan ayol xolbuki, hunari bo‘lsa-da, o‘z ishini yo‘lga qo‘yish uchun nima qilishni, qayerga murojaat qilishni bilmaydi. Ishlab chiqargan mahsulotini sotish masalasi esa shu ishni boshlashdan oldin rejalarni ham chippakka chiqaradi. Xotin-qizlarni munosib qo‘llab-quvvatlash va kerakli yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatish maqsadida Oltinsoy tuman hokimligining majlislar zalida poytaxtdan kelgan Moliyaviy savodxonlikni oshirish va bank mutaxassislarini qayta tayyorlash departamenti Respublika markaziy banki Ayollar va yoshlar savodxonligini oshirish bo‘yicha mutaxassisi Dilbar Abdug‘aniyeva ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminarda asosiy mavzu tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan vazifalarga bag‘ishlandi. Tadbirkorlikda o‘z o‘rniga ega ayollar va o‘z biznesini endigina boshlayotgan ishbilarmon xotin-qizlar va yoshlar uchun ajoyib master-klass vazifasini o‘tagan seminarda ish boshlash va olib borishda, daromad ko‘rishda muhim jihatlar haqida ma’lumotlar berildi. Albatta, qizg‘in kechgan treninglar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan tegishlicha javob oldilar.
Umid qilamizki, mana shunday seminar-treninglar, tushuntirish va targ‘ibot-tashviqot ishlari ayollar o‘rtasida ishbilarmonlik muhitini yaratib, yangidan-yangi tadbirkorlik subyektlarining ish boshlashiga zamin yaratadi.

Hilol

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Terens Tao — dunyodagi eng aqlli inson

Dunyo bo‘ylab aql darajasini o‘lchash uchun eng mashhur ko‘rsatkichlardan...

O‘quvchilar yangi binolarda o‘qiydi

Viloyatimizning shahar va tumanlarida bir qator yangi obyektlar foydalanishga...

“Ekraz”da yangi bog‘cha

Prezidentimizning hududlarni, jumladan, Surxondaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan topshiriqlari...

Sun’iy intellekt va ta’lim taraqqiyoti yo‘lida muhim hamkorlik…

Bugungi kunda axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ayniqsa,...
KunTun
KunTun