… oylik maoshlari oshiriladi

Date:

Albatta, har bir kasb egasiga beriladigan rag‘bat, oylik maoshining oshirilishi uning o‘zi va ishiga bo‘lgan ishonchni oshirishi, yanada mas’uliyat yuklashi aniq. Kelgusida faoliyatida ham buning ijobiy natijasi yaqqol seziladi. Yurtimizda 2023-yilning 1-aprelidan boshlab professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining oylik maoshlari oshirilishi ham ana shunday maqsadga xizmat qilishi aniq. Bu haqda esa joriy yilgi davlat dasturi loyihasida belgilangan.
Hujjatga koʻra professional taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalari mos ravishda umumiy oʻrta taʼlim muassasasi pedagoglarining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
Professional taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifasiga ega boʻlgan, malaka toifasiga ega boʻlmagan oliy maʼlumotli hamda oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishlab chiqarish taʼlimi ustalarining bazaviy tarif stavkalari tegishlicha umumiy oʻrta taʼlim muassasasi birinchi va ikkinchi malaka toifali oʻqituvchisi, oliy maʼlumotli oʻqituvchisi hamda oʻrta maxsus maʼlumotli oʻqituvchisining bazaviy tarif stavkalariga tenglashtiriladi.
Natijada 27 nafar professional taʼlim muassasalari oʻqituvchilarining oylik maoshlari 20 foizga oshirilib, oʻrtacha 3 million soʻmga teng boʻladi. Ushbu maqsadlarga joriy yilda 139 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.

Manbalar asosida H.Baxtiyorova tayyorladi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Banklar oltin sotadimi?

O‘zbekistonda banklarga oltin sotish va xarid qilish huquqini kafolatlovchi...

Sayohat, ma’rifat va tozalik…

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi...

Kasaba uyushmalari harakati: yubiley tantanali nishonlandi

Surxon vohasida mehnatkashlar fidokorona mehnatini e’zozlash, ularning huquq va...

Obodonlashtirish yangi bosqichda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida hududlarni yanada chiroyli,...
KunTun
KunTun