Muammolar o‘rganildi…

Date:

Termiz tumanida aholi tomonidan “Sentr kamaz” qishlog‘i nomi bilan ataluvchi hudud 2018-2019-yillar davomida Termiz tumani va Termiz shahridagi ayrim mahallalarda yashovchi, uy-joylari buzilishga tushgan oilalarga hamda uy-joy qurish uchun yer maydoniga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolarga 0,4 sotixdan, jami 255 gektar yer maydoni ajratib berilgan edi. Ayni paytda hududda ikkita yangi mahalla, “Yangiyer” va “Kelajak” mahallalari tashkil etilgan.
2021-yilda “Yangiyer”, 2022-yilda “Kelajak” mahallasida “Obod qishloq” davlat dasturi asosida katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Shu joyda aytish kerakki, bu bilan barcha masala va muammolar hal bo‘lib qolmadi. Hududdagi barcha infratuzilmalar yangidan bunyod etilayotgan emasmi, kamchiliklar, oxiriga yetmagan ishlar qolib ketdi…
Surxondaryo viloyat rahbari hudud bo‘ylab mavjud muammolarni o‘rganib chiqib, aholi tomonidan o‘zboshimchalik bilan elektr tarmoqlari yerdan tortilganiga duch keldi. Qishloq ahlining xavfsizligini ta’minlash maqsadida mas’ullarga bir oy muddatda mavjud muammolarni hal etish topshirig‘ini berdi. Ushbu muddatda beton ustunlar o‘rnatilib, elektr tarmog‘i tortiladi. Qolaversa, ichimlik suvi yetkazib berish bo‘yicha ham tizimli ishlar amalga oshiriladi.

H.Kamolova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

9 yoshda B2

Denov tumanidagi 101-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi...

TINGLASH — SAN’ATDIR

Bir kuni podshoh vaziri bilan sayrga chiqibdi. Yo‘lda ketayotib,...

Mualliflik huquqi tiklandi

Adliya vazirligi amerikalik tarjimon va sharqshunos olim Mark Reese...

Ta’lim o‘yinga asoslansa…

Angor tumanida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagoglari ishtirokida o‘tkazilgan...
KunTun
KunTun