Amaliy mashg‘ulotlar asosida davom etdi…

Date:

Shahar va tumanlarimiz yangidan yuz ochib, katta qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotgani ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. Ammo, ko‘plab uy-joylarning buzilib, aholining asosan ko‘p qavatli xonadonlarga ko‘chib ketayotgani, oila qo‘riqchisi bo‘lmish itlarining qarovsiz, ko‘chada qolishiga sabab bo‘lyapti. Aholi gavjum hududlarda, ko‘chalarda kuchuklar galasiga duch kelib, ularning yonidan o‘tishga qo‘rqasan kishi.
To‘g‘ri-da, biror kuchuk tashlanib qolsa bormi… yetmaganiga bu itlar emlanganmi, hech bir kasallikka chalinmaganmi, bunisi noma’lum. Shu o‘rinda, it quturgan bo‘lsa, buni o‘ylashning o‘zi dahshat.
Angor tumanida “Quturish kasalligining kelib chiqishi va tarqalishining oldini olish tadbirlarida FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida tashkil etilgan o‘quv mashg‘ulotlari esa birinchi yordam ko‘rsatish, it qopganda qanday yo‘l tutish lozimligi haqida tushuncha olishga xizmat qildi.
Mashg‘ulotlar davomida jarohatlangan odamga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, itning tekshirilishi uchun obodonlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan olib ketilishi, voqea joyida veterinariya xizmati tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlarning barchasi ko‘rsatib berildi.
Aholining it va mushuklarini ro‘yxatga olish, kasallikka qarshi emlatish bo‘yicha ogohlantirish uchun muntazam ravishda shu kabi targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish choralari muhokama etildi.

S.Murodova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sangardak” — munosib sayyohlik tuhfası

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi arafasida Sariosiyo tumanida turizm salohiyatini...

Bayram tantanasidan unutilmas lahzalargacha…

Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Sherobod tumanida bayram...

“Milliy brend”ning yangi manzili — Uzun

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi arafasida hududlarda yangi ishlab...

Istiqlol — muqaddas qadriyat

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Surxondaryo...
KunTun
KunTun